G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori V.I.Grişinga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev nomidan “Döstlik” ordeni  tantanali ravişda topşirildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Joriy yilning 19-21 fevral kunlari vazir örinbosari M.Karimov Moskva şahridagi G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining 110 yillik yubileyida iştirok etdi.

Yubiley tadbiri universitet rektorat binosining katta anjumanlar zalida 2017 yilning 21 fevral kuni bölib ötdi. Unda universitet ilmiy kengaşi a'zolari, taklif etilgan mahalliy va xorijiy mehmonlar hamda Özbekiston tomonidan Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari M.Karimov Özbekiston Respublikasining Rossiyadagi muxtor elçisi B.Aşrafxonov va G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toşkent şahridagi filiali direktori Q.Abdurahmonov iştirok etdilar.

Mazkur tadbirda Özbekiston-Rossiyaning ta'lim sohasidagi hamkorligini rivojlantirişda ikki davlat oliy ta'lim muassasalari aloqalarini kengaytirişdagi hamda respublikamizning iqtisodiy va moliya sohasi uçun yuqori malakali kadrlar tayyorlaşdagi ulkan hissasi, şuningdek, universitet taşkil topganining 110 yillik yubileyi munosabati bilan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17  fevraldagi “V.I.Grişinni “Döstlik” ordeni bilan taqdirlaş haqida”gi PF-4959-sonli farmoni va tabrigi öqib eşittirildi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri örinbosari M.Karimov G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti rektori V.I.Grişinga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Ş.Mirziyoyev nomidan “Döstlik” ordeni va qimmatbaho sovğalarni tantanali ravişda topşirdi. Şuningdek Özbekiston Respublikasining Rossiyadagi muxtor elçisi B.Aşrafxonov va G.-V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toşkent şahridagi filiali direktori Q.Abduraxmonov V.I.Grişinni tabriklab sözga çiqdilar.