Tahririyatimizga Özbekistonning turli çekkalaridan maktublar kelişi davom etmoqda. Ana şunday maktublardan birida tabiiy gaz masalasi tilga olinadi. Gap şundaki, Andijon viloyatining Jalaquduq tumani “Namuna” MFYda yaşovçi aholiga tabiiy gaz ötkazib berilgan. Ammo odamlarning gaz söruvçi motorlardan foydalangani bois gaz oqimi pasaygan yoki umuman yöqolgan. Mahalla faollari bu masala yuzasidan tegişli taşkilotlarga, jumladan, tuman gaz idorasiga murojaat qilişgan. U yerdan mahallaga tekşiruvçilar kelişgan. Özini Ilhom deb taniştirgan xodim: “motor işlatayotganlar butun mahallaning gaz pulini tölab qöyişibdi, işlatişlariga haqlari bor”, deb javob bergan.
“Motor qöymagan odamlar endi umrbod gaz körmay ötib ketişadimi?”, deb yozadi maktub egasi. Ma'lumotlarga köra, elektr bölganda gaz öçadi, çunki bu paytda gaz söruvçi motorlar işlayotgan böladi. Agar elektr energiyasida uziliş bölsa, motorlar ham öçadi va gaz kelişi yaxşilandi. Gaz taqsimotida ham xato yondoşilgani, qöşni mahallalarda gazning köpligidan uning hidi çiqib yotişi aytiladi maktubda.

Mazkur masala yuzasidan Jalaquduq tuman hokimligi bilan boğlanganimizda, u yerdagilar gaz söruvçi motorlarni işlatiş qonunga xilof ekanligini aytişdi. Oradan ma'lum bir vaqt ötib, Jalaquduq hokimiyati vakili biz bilan boğlandi. Uning aytişiça, mazkur mahallada tekşiriş işlari olib borilgan. Mazkur çora-tadbirlar natijasida uşbu mahallada noqonuniy gaz söruvçi motorlardan foydalanilayotgani aniqlangan. Buni qarang-ki, ayrimlar tekşiruvlarga qarşilik körsatib, hokimiyat vakillarini, Yonğin xavfsizligi va Içki işlar boşqarmasi xodimlarini xonadoniga kiritişmagan.
Olib borilgan tekşiruvlarda uçta köçadan uçta gaz söruvçi motorlar topilgan. Xonadon egalariga qonunçilikda körsatilgan holda jarima belgilangan. Bu paytda boşqalar öz motorlarini yaşirişga ulgurişgan. Biz bilan boğlangan hokimiyat vakilining sözlariga köra, olib qöyilgan motorlar tufayli mahalladagi gaz miqdori yaxşilangan. Buni aholi öz közi bilan körib, amin bölgan.

Şu örinda çekiniş qilsak... Barça termit deb atalmiş haşorat turini yaxşi biladi. Qayerdan yaxşi biladi? Zararkunandaligidan, albatta. Ular bir joyga töplanib olgança, öşa yerga zarar keltirib, yeb bitirib, söng boşqa joyga ötişadi. Afsuski, jamiyatimizda ana şunday termitga öxşagan odamlar yöq emas. Natijada qonunlarga amal qilib kelayotgan, öz huquq va burçlarini ado etayotgan fuqarolar ana öşalar hisobiga zarar köradi.
Qolaversa, dinu diyonat degan narsalar bor. Birovning haqini yeyiş, qöşnining dilini oğritiş, jamiyatga, davlatga moddiy talofat yetkaziş juda qattiq qoralangan. Qöni-qöşniçilik urf-odati özbeklarda qadriyat darajasiga çiqqan holatdir. Qöşnining haqiga xiyonat qiliş, degan tuşunça odamlar qalbiga, hayotiga şu darajada kirib boryaptiki, uyat, andişa kabi tuyğulardan asar ham qolmayapti. Bundan taşqari, odamlarning jipsligi, bir-birini hurmat qilişi jamiyatni mustahkamlamaydimi?

Davlatga, jamiyatga bölayotgan ziyonçi? Yana bir daxşatli savol örtaga çiqadi: biz çet elliklar tili bilan aytganda “Apokalipsis” zamonida yaşayapmizmi-ki, oçdan ölar holatda gaz söruvçi motorlardan, hisoblagiç örnatmasdan elektr energiyasidan foydalanamiz, umuman olganda, qaçongaça özimizni termitlardek tutamiz. Axir şu Vatan, şu yurt barçamizniki emasmi?
Sarvar Anvar öğli










