2026 yilda Rossiya quvur gazining Özbekistonga yetkazib beriş hajmi 40 foizdan köproqqa — 7 mlrd kub metrdan 10 mlrd kub metrdan oşiqroqqa yetişi mumkin. Bu haqda Xalqaro energetika agentligining (XEA) jahon gaz bozoriga bağişlangan çoraklik şarhida söz boradi.

Rossiya «Örta Osiyo — Markaz» magistral gaz quvurlari tizimi orqali Qozoğiston hududidan Özbekistonga eksportni oşirişda davom etmoqda, deb qayd etiladi hisobotda.

Davlat statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilda Rossiya va Turkmanistondan import qilingan gaz qiymati 1,2 foizga arzonlab, 1,66 mlrd dollarni taşkil etgan. Şu bilan birga, Rossiya gazini yetkazib berişning fizik hajmi 14,9 foizga — 5,64 mlrd kub metrdan 6,48 mlrd kub metrga oşgan.

Importning ösişi mamlakatda gaz qazib oliş hajmining pasayib borayotgani fonida kuzatilmoqda. XEA ma’lumotlariga köra, yanvar–may oylarida Özbekistonda tabiiy gaz qazib oliş ötgan yilning şu davriga nisbatan 14 foizga yoki 2,6 mlrd kub metrga kamaygan.

Agentlik bu pasayişni mavjud konlarning avvalgi qazib oliş hajmlarini saqlab qoliş imkoniyatlari yomonlaşgani bilan izohlamoqda.

Taqqoslaş uçun, Turkmanistonda bu davrda gaz qazib oliş hajmi deyarli özgarmagan. Qozoğistonda esa taxminan 8 foizga yoki 1 mlrd kub metrdan köproqqa kamaygan.

Umuman olganda, Yevroosiyoda gaz qazib oliş 2025 yil yakunlari böyiça 3 foizlik pasayişdan söng birinçi yarim yillikda tiklana boşladi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, bu körsatkiç asosan Rossiya hisobiga qariyb 2,5 foizga ösgan. 2026 yil yakunlari böyiça XEA mintaqada qazib oliş hajmi 2 foizga oşişini kutmoqda.

Yevroosiyoda (Armaniston, Ozarboyjon, Gurjiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Özbekiston) gazga bölgan talab qariyb 3 foizga ösişi mumkin. Bunga yil boşidagi qiş oylarining sovuqroq kelgani ham sabab böldi. Şu bilan birga, mintaqada qazib oliş hajmi hamon 2021 yilgi darajadan 9 foizga pastligiça qolmoqda.