Prezident Şavkat Mirziyoyevga «Yangiyöl tajribasi» asosida hududlarda iste’molçilarni yoqilği-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlaş, energiya samaradorligini oşiriş, tarmoqlardagi yöqotişlar va debitorlik qarzdorlikni keskin kamaytiriş böyiça amalga oşirilgan işlar yuzasidan axborot berildi.
Avvalroq uşbu tajriba asosida har bir hududdan bittadan tanlab olingan 14 ta tumanda namunaviy tizim yaratiş vazifasi qöyilgan edi. Şu maqsadda işlar «mahallabay» taşkil etilib, energetika sohasidagi muammolarni joyiga çiqqan holda örganiş va manzilli çoralar köriş yölga qöyildi.

Bu 916 ta mahalla, 832 mingta xonadon, 49 mingta tadbirkorlik sub’yekti va 2,2 mingdan ortiq ijtimoiy soha ob’yektini qamrab oldi. Har bir mahalla böyiça energetik pasport va energiya resurslariga talab balansi şakllantirildi.
Natijada ilk bor mahallalar kesimida mavjud talab va imkoniyat örtasidagi tafovut aniq hisob-kitob qilindi. Jumladan, 265 ta mahallada 60 megavatt elektr quvvati, 42 ta mahallada esa yiliga 47 million kub metr tabiiy gaz taqçilligi borligi aniqlandi. Ayni paytda 207 ta mahallada quvvat zaxirasi mavjud.
Bunday yondaşuv kelgusida energiya resurslariga bölgan talabni oldindan hisoblaş va zarur infratuzilmani öz vaqtida tayyorlaş imkonini beradi.
Şu asosda elektr va gaz tarmoqlarini yangilaş işlari jadallaştirildi. 14 ta tumanda 5 ming 695 ta transformator, 6,9 ming kilometr elektr tarmoği, 242 kilometr gaz tarmoği hamda 404 ta gaz taqsimlaş qurilmasi ta’mirtalab ekani aniqlandi. Ularning texnik holatini yaxşilab, «yaşil» toifaga ötkaziş işlari boşlandi.
Hozirga qadar 441 ta transformator, 1 ming 134 kilometr elektr va 88 kilometr gaz tarmoği, şuningdek, 92 ta gaz taqsimlaş qurilmasi ta’mirlandi.

Avvalgi yillarda investitsiya dasturlari doirasida boşlangan, biroq yakuniga yetkazilmagan ob’yektlarning bir qismi ham foydalanişga topşirildi.












