Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qaşqadaryo viloyatiga taşrifi davomida yangi qurilayotgan obektlar, aholi farovonligini oşirişga xizmat qiladigan işlab çiqariş korxonalari loyihalarini közdan keçirmoqda. 

Davlat rahbari Qarşi tumanida yengil sanoatni rivojlantiriş borasidagi yangi loyihalar bilan tanişdi. 

Prezidentga körsatilgan birinçi loyiha – 2017-2019 yillarda viloyatda yengil sanoat mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan zamonaviy korxonalarni taşkil etiş va mavjudlarini modernizatsiya qiliş böyiça manzilli dastur bölib, unda 17 korxona taşkil etiş rejalaştirilgan. 

“Özbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati hamda qator tijorat banklari bilan hamkorlikda işlab çiqilayotgan dastur doirasida 3000 ga yaqin iş örni yaratilişi közda tutilgan. Bugungi kunda viloyatda 7 töqimaçilik korxonasi faoliyat yuritmoqda. Mazkur korxonalar hududda yetiştirilayotgan paxta tolasining 10 foizini qayta işlaş quvvatiga ega. 

Şavkat Mirziyoyev töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan “LT Tekstil Interneyşnl” Özbekiston – Xitoy–Niderlandiya qöşma korxonasi loyihasi bilan tanişar ekan, Qaşqadaryo viloyati mamlakatimizda paxta tolasini yetiştiriş böyiça yetakçi örinni egallaşi, bu imkoniyatdan unumli foydalaniş, yetiştirilgan paxta tolasini qayta işlab, bozorga tayyor mahsulot çiqariş katta samara berişini alohida qayd etdi. 

Mazkur korxonaning işga tuşirilişi hududda yetiştirilayotgan paxta tolasini şu yerning özida qayta işlaş, aholining real daromadlarini oşiriş imkoniyatini yaratadi. 

Yiliga 22 ming tonna raqobatbardoş aralaş ip kalava va 50 million kvadrat metr ip gazlama işlab çiqariş rejalaştirilayotgan korxona mahsulotlarining 80 foizi eksportga yönaltiriladi. 

Prezidentimiz şu yerning özida Yakkaboğ tumanidagi sobiq “Yakkaboğ teks” korxonasi negizida barpo etilayotgan “Universal Taraqqiyot Tekstil” qöşma korxonasiga qöşimça investitsiya kiritiş loyihasi bilan ham tanişdi. 

Korxonada viloyatda yetiştirilgan paxta tolasi qayta işlanib, mato va çoyşablar işlab çiqariladi. 400 iş örni yaratilişi közda tutilayotgan korxona töliq quvvat bilan işga tuşgaç, yiliga 6 million kvadrat metr mato, 2 million juft yotoq çoyşablari tayyorlanadi. 

Zamonaviy va energiya tejamkor texnologik uskunalar bugun barça işlab çiqariş jabhalariga tatbiq etilmoqda. Qarşi şahridagi sobiq paxta tozalaş zavodi negizida taşkil etilayotgan “Wood Décor Production” qöşma korxonasi ana şunday zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlanmoqda. Şveytsariyaning maşhur “Rieter”, Yaponiyaning "Murata", "Yamata", Germaniyaning "Mayer" kompaniyalarining yuqori samaradorlikka ega dastgohlari örnatilayotgan korxonada dunyo bozorida raqobatbardoş sifatli ip kalavadan tortib tayyor mahsulotgaça işlab çiqariladi. 

Prezident taqdim etilayotgan loyiha samaradorligini oşiriş yuzasidan mutasaddilarga tegişli körsatmalar berdi. 

Özbekistonda paxta tolasi va ipak xomaşyosini qayta işlaş, xorijiy investitsiyalarni jalb etiş yöli bilan raqobatbardoş, taşqi bozorlarda xaridorgir tayyor mahsulotlar işlab çiqariş hajmlari va turlarini kengaytirişga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Ğuzor tumanidagi sobiq paxta tozalaş korxonasi negizida gazlama işlab çiqarişga möljallangan investitsiya loyihasi bilan tanişar ekan, Prezidentimiz yangi iş örinlari yaratiş masalasiga alohida e'tibor qaratiş zarurligini ta'kidladi. Bugun odamlar aniq va muqum iş joylari talab qilmoqda. Bu talabni qondiriş köp jihatdan tadbirkorlarga boğliq. 

Loyiha işga tuşgaç 600 iş örni yaratiladi. 

Paxta ekin maydonlarini optimallaştirilişi va işning mavsumiyligini hisobga olib, “Özpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi tizimda mehnat qilayotgan işçi-xodimlar bandligini ta'minlaş, qöşimça daromad oliş maqsadida Qaşqadaryo viloyatidagi yoğ-moy korxonalarining böş maydonlarida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oşirmoqda. Koson tumanida taşkil etiladigan meva-sabavotlarni quritiş sexi şulardan biri. 100 dan ziyod iş örni yaratiladigan korxonada 10 ming tonna mahsulot qayta işlanadi. Qarşi şahrida taşkil etiladigan muzlatkiçda 500 tonna qişloq xöjalik mahsulotlari saqlanadi. Ön iş örni yaratilayotgan omborxona joriy yilda foydalanişga topşiriladi. 

Prezidentga Qarşi tumanida taşkil etiladigan 20 ming parranda boqiş rejalaştirilayotgan majmua loyihasi haqida ham sözlab berildi. Yil davomida aholini sifatli parhez göşt mahsulotlari bilan ta'minlaşga möljallangan majmua faoliyat boşlagaç 22 kişi doimiy iş joyiga ega böladi.