Maʼlum qilinişiça, Silk Avia aviakompaniyasining USA-701 raqamli Toşkent - Qarşi yönalişidagi yölovçi reysini amalga oşirayotgan ATR-72-600 samolyoti ekipaji zaxira aeroportga yöl olişga qaror qilgan.
Bort raqami UK72603 bölgan havo kemasi uçun Samarqand xalqaro aeroporti zaxira aerodrom sifatida tanlangan.
Bunga Qarşi aeroportidagi noqulay meteorologik şaroit sabab bölgan. Xususan, aeroportda öta sovigan tuman kuzatilgan, uçiş-qöniş yölagida köriş masofasi 300 metrni, bulutlarning pastki çegarasi esa 160 metrni taşkil etgan.
Mazkur şaroitda ekipaj parvoz xavfsizligini taʼminlaş maqsadida zaxira aeroportga yönalişni özgartirişga qaror qilgan.
Samolyotning Samarqandga qöngani va yölovçilarning keyingi manzilga yetkazilişi haqida hozirça maʼlumot berilmagan.













