Örta istiqbolda Özbekiston Respublikasida turizmni rivojlantiriş böyiça Kontseptsiyada közlangan loyihalar va işlar amalga oşirilişi bilan quyidagi natijalarga erişiladi:

Xususan, Özbekistonda samarali, raqobatbardoş turizm kompleksi taşkil etiladi. U mintaqalar rivojlanişi va mintaqalararo aloqalarning asosiy poydevorlaridan biri böladi hamda öz atrofidagi kiçik va örta biznes rivojiga turtki beradi. Unga köra, 2017-2021 yillar oraliğida turizm sanoatining asosiy kapitaliga kiritiladigan sarmoya miqdori 298,2 mlrd sömni taşkil etadi.

Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png

Özbekiston Respublikasining turli toifadagi fuqarolarining faol va töliq dam oliş borasidagi talablarini qondiriş, salomatligini mustahkamlaş, madaniy qadriyatlarga oşno qilişga erişiladi. Şu bilan birga, Özbekistonga keluvçi xorijiy sayyohlar soni 2017 yilgi 2 mlndan ortiq kişidan 2021 yilga borib 2,5 million kişidan ortiqroqni taşkil etadi.

Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png

Turizm sohasida qöşimça iş örinlari yaratiş vositasida aholi bandlik darajasini oşirişga erişiladi. Bu maqsadlar mehmonxonalar, sayyohlik firmalari va taşkilotlar sonini köpaytiriş orqali amalga oşiriladi. Jumladan, 2021 yilga borib Özbekistonda 2017 yilgi 680 ta mehmonxonalar soni 1036taga yetkaziladi. Sayyohlik operatorlari soni 441tadan 565tagaça ortadi. 

Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png
Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png

Turizm sohasida xizmat körsatiş hajmini oşiriş bilan mahalliy va davlat byudjyetlari daromadi ortadi. Aholiga haq tölanuvçi turistik xizmatlar körsatiş soni kengayadi, mehmonxonalarda qoliş holatlari köpayadi. Buning natijasida 2021 yilda sayyohlik sohasida 2 mlrd 722 mln dollarga yaqin xizmatlar eksport qilinadi.

Opisaniye: http://official2.gov.uz/uploads/projectDocs/0501cc64c95bae862378b8ea6b9fb6df.png

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylaştirilgan «Özbekiston Respublikasida örta istiqbolda turizmni rivojlantiriş böyiça Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etiş çoralari töğrisida»gi qarori loyihasida şu haqda söz yuritilgan.