Dastlabki saralaş bosqiçida 6 mingdan ortiq şaxmatçi bellaşgan V “Zakovat Gambit” musobaqasi final bosqiçi ötkazilmoqda. Musobaqaga mehmon sifatida taklif etilgan vengriyalik grossmeyster Peter Leko Özbekiston terma jamoasining yutuqlari va mamlakatda yetişib kelayotgan yoş şaxmatçilar haqida fikr bildirdi.

«Men yaqinda Samarqandda bölib ötgan Şaxmat olimpiadasida qatnaşdim. Özbekiston jamoasi ajoyib natija körsatdi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov, Nodirbek Yoqubboyev, Jahongir Vohidov va Muhiddin Madaminov juda kuçli öyin namoyiş etişdi. Ular bizni ham mağlub etişdi - hisob 4:0 böldi. Bu tarixiy mağlubiyat edi. Öz maydonida ğalaba qozoniş - tarixiy natija. Çunki mezbon jamoaga doimo katta bosim va yuqori talablar böladi. Şunga qaramay, Özbekiston jamoasi ajoyib öyin körsatdi, kuçli ruh va işonç bilan harakat qildi. Ular nafaqat kuçli şaxmatçi, balki juda samimiy va yaxşi insonlar ham. Buni juda qadrlayman. «Zakovat Gambit» musobaqasida ham körganlarim meni hayratga soldi. Yoşlarning blitsdagi öyinlarini kuzatdim. Ularning saviyasi nihoyatda yuqori. Haqiqatan ham, yangi avlod yetişib kelayotganini köriş mumkin», - dedi Leko.

Koneru Hampi: «Yoş şaxmatçilarda katta salohiyat bor»

Hindistonlik taniqli grossmeyster Koneru Hampi ham Özbekiston şaxmatçilari haqida ijobiy fikr bildirdi. Uning taʼkidlaşiça, yoş öyinçilar töğri tayyorgarlik va muntazam maşğulotlar orqali yaqin kelajakda yuqori natijalarga erişişi mumkin.

«Agar ular munosib tayyorgarlik körişsa, yaqin kelajakda juda kuçli şaxmatçilarga aylanişadi. Men öynagan ikki yoş şaxmatçining isteʼdodi meni ayniqsa hayratga soldi. Şuningdek, mahalliy homiylar va davlat tomonidan şaxmatga körsatilayotgan qöllab-quvvatlaşni ham alohida taʼkidlaş kerak. Bunday yordam yoş şaxmatçilarning rivojlanişi va kelajakda yanada yuqori natijalarga erişişida muhim ahamiyatga ega», - deydi u.