Özbekistonda tibbiy turizmni rivojlantiriş maqsadida «Ibn Sino maktabi» brendini taşkil etilişi kutilmoqda. Uning tarkibiga Abu Ali ibn Sino muzeyi, zamonaviy tibbiyot muassasasi, Özbekistondagi tibbiyot rivoji haqida hikoya qiluvçi ilmiy maqolalar va boşqalar kiradi. Bu haqda Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi saytiga joylaştirilgan «Özbekiston Respublikasida örta istiqbolda turizmni rivojlantiriş böyiça Kontseptsiyasini hayotga tatbiq etiş çoralari töğrisida»gi qarori loyihasida söz yuritilgan.

Şu maqsadda, 2017 yili Buxoro viloyati Peşku tumanidagi Afşona qişloğida an'anaviy (xalq) tibbiyoti majmuasi taşkil etiş rejalaştirilgan. Unda buyuk tibbiyot dahosi Ibn Sino nomidagi muzey va «Ibn Sino va an'anaviy tibbiyot» kutubxonasi, soğlomlaştiriş-profilaktika markazi, dorivor ösimliklar va xalq tibbiyotining boşqa vositalarini sotiş böyiça savdo nuqtalarini oçiş orqali «Ibn Sino maktabi» brendini tarğib qiliş belgilangan.