AQŞda çop etiluvçi The New Yorker jurnalining mart oyi soni noodatiy tarzdagi muqova bilan çiqadigan böldi. Gap şundaki, muqova rus tilida yozilgan "The Nyu-Yorker" yozuvi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning multfilmlarga xos rasmi bilan bezalgan. 

Jurnal rassomi Barri Blitt Putinni jurnalning 1925 yilda çop etilgan ilk soni muqovasida tasvirlangan va uning ramzi hisoblanuvçi Yustas Tilli obrazida tasvirlagan. Bu tasvirga jurnalda deyarli har yili, odatda jurnalning tuğilgan kuni nişonlanadigan fevralda taqlid qilinadi. 

Jurnalning yangi sonidagi muqovada Putindan taşqari kapalak qanotli Donald Tramp ham tasvirlangan. Putin tasvirda uçib yurgan Trampni monokol orqali kuzatib turibdi. 

Foto: Twitter.com/@NewYorker

Jurnalning bu sondagi mavzusi "Tramp, Putin va yangi sovuq uruş" nomli maqola böladi. Bu maqola "göyoki Rossiyaning AQŞ prezidenti saylovlariga aralaşuvi"ga bağişlangandir. 

Putin bu jurnalning muqovasida birinçi marta paydo bölmayapti. 2014 yilda Soçidagi Olimpiada oldidan jurnalning Putin muz ustida uçuvçi figuraçi körinişida tasvirlangan soni çiqqan.