"Titanik", "Özgalar", "Apollon-13" va boşqa köplab maşhur filmlarda rol ijro etgan amerikalik taniqli aktyor Bill Pekston 61 yoşida hayotdan köz yumdi, deb xabar bermoqda TMZ portali.

Portal ma'lumotlariga köra, aktyor 25 fevralda operatsiyadan keyingi asoratlar oqibatida vafot etgan. 

"Yurakda oğriq bilan Bill Pekston hayotdan köz yumganini ma'lum qilamiz", deb aytilgan xabarda. Pekstonning ortidan rafiqasi va ikki farzandi qoldi.

Aktyor 40 yillik faoliyati davomida köplab maşhur filmlarda, jumladan, "Terminator" (1984), "Özgalar" (1986), "Yirtqiç-2" (1990), "Apollon-13" (1995), "Quyun" (1996) va "Titanik" (1997) filmlarida rollar ijro etgan. Pekston uç marta "Oltin globus" sohibi bölgan: ikki marta eng yaxşi erkak roli va bir marta "Katta muhabbat" serialidagi roli uçun taqdirlangan.