Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kant bazasini Qirğizistonga Rossiya yordami kerak bölmaydigan bölsa, yopişga tayyor ekanligini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

«Qirğiziston qaçonlardir - biz öz Qurolli kuçlarimizni şu qadar mustahkamladikki, bunday baza kerak emas, deb aytsa, biz öşa kuniyoq bu yerni tark etamiz», - deya ma'lum qildi Putin Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan muzokaralar yakunida.

Avvalroq Atamboyev Rossiya harbiy bazasi respublikadan “ketişi kerakligini” ma'lum qilgandi.

Qirğiziston hududida Rossiyaning birlaşgan harbiy bazasi joylaşgan: Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotining tez harakatlaniş Kollektiv kuçlari aviatsiya bazasi, Qoraköl şahridagi harbiy-dengiz sinov bazasi, Çaldovar posyolkasidagi aloqa nuqtasi hamda Mayluu-Suu şahridagi avtomonom seysmik markaz.