AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ötkazilgan uçraşuv yakunlari böyiça AQŞ, Ukraina va Rossiya örtasidagi uç tomonlama muzokaralarning yangi raundi kelişilganini maʼlum qildi. Uitkoff mazkur uçraşuvni mazmunli va atrofliça bölib ötdi, deb baholadi. Uning sözlariga köra, Ukraina mojarosini bartaraf etişda «siljiş kuzatilmoqda».

«Abu-Dabiga kelsak, köpçilik uç tomonlama muzokaralarni qayta boşlaşimizga işonmadi. Lekin biz ularni qayta tikladik. Keyingi uçraşuvni allaqaçon belgilaganmiz», - dedi u.

Şuningdek, u yevropalik vakillar muzokaralarning keyingi bosqiçiga qöşilişini taʼkidladi.