“Özbekiston havo yöllari” MAK rahbariyati Toşkent şahar xalqaro aeroportida xizmatlarni rivojlantiriş va körsatilayotgan xizmatlarning sifatini oşiriş uçun barça imkoniyatlarni amalga oşirmoqda. Bu haqda “Özbekiston havo yöllari” MAK Axborot xizmati “Kun.uz”ga xabar bermoqda.

Jumladan, Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida aravaçalarni taqdim qiliş xizmatini yaxşilaş va yölovçilar uçun qulayliklar yaratiş maqsadida, aravaçalarni taqdim qiliş böyiça garov tizimi 2017 yil 18 fevraldan boşlab bekor qilinadi. Endi har bir yölovçi uçib ketayotganda ham, uçib kelganda ham bagaj aravaçalarini bemalol olişi mumkin.

Eslatib ötamiz, ilgarilari Toşkentdagi xalqaro aeroportlarda bagaj aravaçilaridan foydalaniş garov tizimida bölib, 3000 sömni taşkil etar edi.