AQŞ prezidenti Donald Tramp farzandlariga siyosat bilan şuğullanişni emas, pul topişni maslahat berişi ma'lum böldi. U Florida ştati Payn Hillsdagi maktablardan birining törtinçi sinf öquvçilari bilan uçraşuvida şu haqda ma'lum qildi. 

Davlat rahbari bilan uşbu safarda birga bölgan jurnalistlarning guvohliklariga köra, maktab öquvçi qizlaridan biri Trampga katta bölganida öz kompaniyasini taşkil etişini aytgan. "Mana şu ajoyib ğoya, - degan prezident. – Va köproq pul topiş şundaymi?" "Ammo, keyin siyosat bilan şuğullanma", - deb qöşimça qilgan Tramp.

Maktab öquvçilari xayrlaşiş çoğida tabriknoma berişgan. Tramp mamnuniyat bilan Florida taşkil etilgan kun munosabati bilan çizilgan suratni olar ekan, "keling, biz sizni hozir maşhur qilamiz", - deya birga suratga tuşişni taklif qilgan.

Trampning maktabga taşrifi çoğida unga qizi Ivanka turmuş örtoği Jared Kuşner bilan, AQŞ ta'lim vaziri Betsi Devos, Florida gubernatori Rik Skott va uşbu ştatdan senator Marko Rubio hamrohlik qilgan.