Turkiya boş vaziri Binali Yildirim Suriya harbiy-havo kuçlarining samolyoti Turkiya janubidagi Xatay viloyatida falokatga uçraganini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Sky News Arabia telekanali.
Bir qator OAV ma'lumotlariga köra, "Ahror aş-Şom" radikal guruhi a'zolari Suriya şimolida MiG-21 samolyotini urib tuşirişganini ma'lum qilişgan. Ta'kidlanişiça, samolyot uçuvçisi katapulta qilib, Turkiya hududiga tuşgan.
"Xatay viloyatida qulagan harbiy samolyot Suriyaniki", deb aytgan Yildirim.
Bundan taşqari, Yildirimning bir qator turk manbalariga iqtibos keltirgan holda ta'kidlaşiça, falokatga uçragan samolyot MiG-21 emas, balki MiG-23 bölgan.
Suriya tomondan uşbu holat böyiça hozirça izoh berilmagan.
Öz navbatida harbiy manba "Al-Masdar" portaliga Suriya harbiy-havo kuçlari haqiqatan ham Idlib viloyatida past balandlikda uçayotgan samolyotlaridan biri bilan aloqani yöqotganini tasdiqlagan.
Manbaning ta'kidlaşiça, samolyot jangarilar tomondan urib tuşirilmagan, uning qulaşiga texnik nosozlik, ehtimol dvigatelning işlamay qolgani sabab bölgan.











