Toyota kompaniyasi Kaliforniya ştatining Torrans şahridagi boş qarorgohini sotuvga qöydi. The Detroit Bureau naşrining ma'lum qilişiça, kompaniyaga tegişli binolar majmuasi narxi 150 mln dollardan oşişi mumkin.
Uşbu inşootlar kompaniya boş qarorgohi Texas ştatidagi Pleyno şahriga köçib ötayotgani sababli sotilmoqda. Ayni vaqtda yangi binolar qurilişi davom etmoqda va ular 2017 yil iyulda oçilişi rejalaştirilgan.
Toyota yangi boş qarorgohini qurayotganini 2014 yilda ma'lum qilgan, biroq avvalgi majmuasini maxfiylik nuqtai nazaridan sotuvga qöymagandi. Dastlabki ma'lumotlarga köra, Kaliforniyadagi korxonaning 75 foizi ham öz yaşaş joyini özgartiradi. Yana ming kişi yangi majmuaga kompaniyaning Kentukki va Nyu-Yorkdagi bölimlaridan ötkaziladi. Taxmin qilinişiça, kompaniyaning yangi boş qarorgohidagi xodimlar soni 300 mingdan oşadi.
"Toyota"ning Kaliforniyadagi majmuasi 185 ming kvadrat metr maydonga ega va 3 ming kişiga möljallangan. Kompaniya rahbariyati eski majmua bir mulkdor tomonidan sotib olinişiga umid qilmoqda. Tahlilçilarning fikriça, binolar developerlik firmasi tomonidan sotib olinib, rekonstruksiyaga uçraydi.












