Stratolaunch kompaniyasiga tegişli Roc’ning qanotlari quloçi 117 metrni taşkil etadi. Bu hozirgaça qurilgan barça samolyotlar orasidagi eng katta körsatkiçdir. Apparat N351SL raqami bilan röyxatdan ötkazilgan.

AirNav Radar xizmati maʼlumotlariga köra, samolyot 2-oktabr kuni ikkita qisqa parvozni bajargan. Har ikkisi Moxave aerokosmik porti yaqinida ötgan. Ikkinçi parvozda Roc aeroport atrofida bir neçta aylana qilgan.

Roc oddiy yuk taşuvçi samolyot sifatida emas, yirik eksperimental apparatlarni belgilangan balandlikka olib çiqib, havodan uçiriş platformasi sifatida işlab çiqilgan. U boşqa foydali yuklarni taşiş uçun ham möljallangan.

Stratolaunch havodan uçiriş flotini kengaytirmoqda

Kompaniya bu vazifalar uçun faqat Roc’dan foydalaniş bilan çeklanmayapti. U avval Virgin Orbit’ga tegişli bölgan Boeing 747-400 samolyotini ham xarid qilgan.

«Moxave ruhi» - Spirit of Mojave deb nomlangan uşbu samolyot Talon tajriba apparatlarini taşiş uçun qayta jihozlangan. Boeing 747 Roc’ga nisbatan köproq aeroportlarda işlay oladi. Bu gipertovuşli apparatlar sinovlarini turli joylarda taşkil etiş imkoniyatini kengaytiradi.

Sentabr oyida Stratolaunch yana bir yirik samolyot - Boeing 777-200ER xarid qilinganini eʼlon qilgan. Uni ham eksperimental apparatlarni havodan uçiriş platformasiga aylantiriş rejalaştirilgan.

Boeing 777ʼdan foydalanişni 2027-yilda boşlaş kutilmoqda. Kompaniya bahosiga köra, bu samolyotning qöşilişi parvoz sinovlarini ötkaziş imkoniyatlarini taxminan 35 foizga oşiradi. Stratolaunch buni gipertovuşli texnologiyalarni sinaşga talab ortib borayotgani bilan izohlamoqda.