Ukraina poytaxti Kiyev şahrida noma'lum kimsa erkak kişini otib öldirdi. Uning ikki farzandi yaralangan, deb xabar qilmoqda Kiyev milliy politsiyasi boş boşqarmasi vakili Oksana Blişçik.
"Poytaxt politsiyasi erkak kişi qotilligidagi gumondorni qidirmoqda. Kiyev fuqarosi bolalari bilan avtomobilda uyiga qaytayotgan bölgan. Uyga yetib kelişganida noma'lum kişi "Mersedes"ni öqqa tutgan. Erkak kişi halok bölgan, bolalar şifoxonaga keltirilgan", — deb yozgan Blişçik Facebook tarmoğidagi sahifasida.
Ta'kidlanişiça, hodisa Kiyevning Goloseyev tumanida röy bergan. Dastlabki tergov-suriştiruv natijalariga köra, ğarazgöy 6 marta, taxminan Makarov pistoletidan öq uzgan. Politsiya yetib kelganida bolalar maşina içida bölgan. Ularning ahvoliga oydinlik kiritilmoqda.
Hozirda, qotillik böyiça jinoiy iş qözğatilgan. Marhum tadbirkorlik bilan şuğullangan mahalliy fuqaro ekani aniqlangan. Politsiya tergov işlarini davom ettirmoqda.












