Oqila ayollar jamiyatdagi muvozanatni, ya'ni poklik, halollik, samimiyat va adolat muhitini saqlab turadilar. Biroq ayrim ayollar ham borki, ular yuqorida keltirilgan ta'riflarga zid harakat qilayotganliklari afsuslanarli holatdir. Xususan, marğilonlik Munisa Zafarova va Zulfiya Asadova (ism-familiyalar özgartirilgan) ana şunday ayollardan ekan, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
Munisa Zafarova toşkentlik dugonasi Zulfiya Asadova bilan jinoiy til biriktirib, ötgan yilning kuz fasli boşlarida bekobodlik tanişining qizini 7 ming AQŞ dollari evaziga oliy ta'lim muassasasiga qöşimça ravişda öqişga kiritib qöyişini aytib, uning işonçiga kiradi. Oradan uç oy ötib, uning qizini Toşkent Davlat iqtisodiyot universitetiga qöşimça ravişda şartnoma asosida öqişga kiritganliklari haqida yolğon gapirib, uning şartnoma tölovi uçun deb, 3 mln. söm miqdorida pul olişadi.
Firibgarlar jinoiy harakatlarini davom ettirib, yana bir sodda insonni çuv tuşirişadi. Bu safar bökalik tanişining öğlini Davlat test markazidagi tanişlari orqali Özbekiston Davlat jahon tillari universitetiga 8 ming AQŞ dollari evaziga öqişga kiritib qöyişni va'da qilişib, uning işonçiga kirişadi. Keyin esa...
Bu ikki ayolning makr törlariga öndan ortiq fuqarolar ilinişdi. Ularning va'dalariga şubha bilan qarovçilarga esa Munisa Oliy ta'lim vazirligida işlaşi töğrisidagi soxta guvohnomani körsatib, ularni xotirjam qiladi.
Ayollar pul topişning oson yölini örganib olişgaç, öz “faoliyat”larini kengaytirişadi. Endi ular, nafaqat öqişga kiritib qöyişni, balki öqişga kiriş uçun kimgadir farzandiga tayyorlov kursida öqitiş, kimgadir farzandini repetitor orqali tayyorlab berişni va'da qilişib, ularning köp miqdordagi pullarini olişadi va öz ehtiyojlari uçun sarflab yuborişadi.
Vaqti kelib, Munisa Zafarova dugonasi Zulfiya Asadova bilan pullarni taqsimlay olmasdan, özaro janjallaşib qolişadi. Zulfiya aldangan bekobodlik tanişlarini topib, ularni Munisaning barça kirdikorliklarini oçib, ariza yozişga undaydi. Zulfiya huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlariga ustozlik vazifasini Munisa bajarganini, jinoiy yöl bilan topilgan pullarning 80 foizni u olganini aytib, jazodan qutulib qolişni közlaydi. Biroq...
Sud hukmi bilan ikki “dugona” qilmişlariga yaraşa qonuniy jazolarini olişdi.











