«Özbekkömir» AJ 690,5 mln. AQŞ dollarilik oltita investitsiya loyihasini amalga oşirişni rejalaştirmoqda, deb xabar beradi Uzdaily.uz.

Loyihalar 2017-2021 yillarda kömir sanoatini rivojlantiriş va modernizatsiya qiliş dasturi doirasida amalga oşiriladi.

Xususan, kompaniya qiymati 105,5 mln. dollar bölgan «Şarğunkömir» Aktsiyadorlik jamiyati modernizatsiyasi» dasturini amalga oşiriş niyatida.

Şuningdek «Angeren» koni qurilişi» loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Loyihaning dastlabki qiymati 165 mln. dollar.

Yana 175,2 mln. dollar «Nişboş» koni qurilişi» loyihasiga investitsiya qilinadi. «Özbekkömir» AJ «Eskirgan uskunalarni almaştiriş» loyihasini amalga oşirişni rejalaştirmoqda. Loyihaning dastlabki qiymati – 170,2 mln. dollar. Uşbu loyiha doirasida toğ-kon texnologiyasi va yordamçi uskunalarini xarid qiliş möljallangan.

Şuningdek qiymati 15 mln. dollar bölgan «Özbekkömir» AJ işlab çiqariş faoliyatini qöllab-quvvatlaş» va qiymati 59,6 mln. dollar bölgan «Temir yöl transporti modernizatsiyasi» loyihasini amalga oşiriş közlangan.

Loyihalar kömir sohasi korxonalarining öz mablağlari (155,6 mln. dollar), tijorat banklari kreditlari (155,6 mln. dollar), Özbekiston tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi kreditlari (68,7 mln. dollar) va Xitoyning ŞHT davlatlari uçun imtiyozli kreditlari (378,7 mln. dollar) hisobidan moliyalaştiriladi.

«Özbekkömir» AJ ma'lumotlariga köra, natijada foydali qazilmalarning yuzini oçiş hajmi 2016 yildagi 21 mln. kub metrdan 2021 yilgaça 27,8 mln. kub metrga qadar oşadi.

2016 yilda oçiq usulda kömir qazib oliş hajmi 3,6 mln. tonnani taşkil etgan bölsa, 2021 yilga kelib bu körsatkiç 4,17 mln. tonnaga qadar köpayadi.

«Özbekkömir» AJning ta'kidlaşiça, kömir qazib oliş umumiy hajmi 2016 yildagi 3,87 mln. tonnadan 2021 yilga kelib 11,67 mln. tonnaga qadar ortadi.