Camarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini davlat-xususiy şeriklik asosida modernizatsiya qiliş va boşqariş uçun Turkiyaning Aksa kompaniyasiga beriş yuzasidan prezident qarori qabul qilindi.
Hujjatda keltirilişiça, bu loyihadan közlangan asosiy maqsadlar quyidagiça:
xususiy operatorni jalb etiş orqali davlat xarajatlarini kamaytiriş va iqtisodiyotda davlat iştirokini qisqartiriş;
isteʼmolçilarni uzluksiz elektr energiyasi bilan taʼminlaş va xizmat sifatini oşiriş;
Samarqand viloyati elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarida yillik energiya yöqotişlarini kamaytiriş: texnik audit natijalariga köra aniqlangan yöqotiş 20–25 foiz oraliğida bölganda, loyihani amalga oşiriş davrida uni har yili 1,4 foizga, 15–20 foiz oraliğida bölganda esa har yili 0,6 foizga pasaytiriş.
Ötkazilgan xalqaro tender natijalariga köra, “Samarqand viloyatida elektr energiyasini taqsimlaş tarmoqlarini davlat-xususiy şeriklik asosida modernizatsiya qiliş va boşqariş” loyihasini moliyalaştiriş, quriş, boşqariş, unga texnik xizmat körsatiş va undan foydalaniş böyiça “AKSA Elektrik Perakende Satış A.Ş.” (Turkiya) kompaniyasi tender ğolibi deb topilgan.
Tender ğolibi Özbekistonda “AKSA Samarqand Electricity Distribution” MÇJ (xususiy şerik)ni taʼsis etgan.
Investitsiya kiritiş majburiyatlari
Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda tender ğolibi nomidan xususiy şerik örtasida 2026-yil 29-yanvarda davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş töğrisidagi bitim imzolangan. Unga muvofiq, tender ğolibi va xususiy şerik Samarqand viloyatida loyiha muddatining dastlabki 12 yili davomida 357 million AQŞ dollari miqdorida töğridan töğri investitsiya jalb etiş majburiyatini olgan.
2026-yil 29-yanvarda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ (davlat şerigi) va xususiy şerik örtasida davlat-xususiy şeriklik töğrisidagi bitim ham imzolangan. Unga köra, xususiy şerik:

















