Qaşqadaryo viloyati Qarşi şahridagi «Xontepa» mahallasini renovatsiya qiliş böyiça master-reja tasdiqlandi, deya xabar berdi Xalq deputatlari viloyat kengaşi.
26,8 gektar hududni qamrab oladigan master-reja doirasida 107 ta 7−9 qavatli turar joy binosi qurilişi rejalaştirilgan. Bu 10 620 nafar inson uçun yaşaş şaroiti yaratişi mumkin.
Hududning 8,3 gektari yaşil maydonlar uçun ajratiladi. Xususan, 4,8 gektar maydonda markaziy sayilgoh barpo etiladi. Şuningdek, 9,6 km piyodalar va 9,4 km velosiped yölaklari qurilişi rejalaştirilgan.
Loyiha doirasida 210 örinli maktabgaça taʼlim muassasasi hamda 400 örinli xususiy maktab qurilişi rejalaştirilgan. Binolarning birinçi qavatlarida 47,8 ming kvadrat metr savdo, maişiy xizmat va biznes maydonlari quriladi.
Loyihaga 219,1 mln dollar töğridan-töğri investitsiya jalb etilib, 3 mingdan ortiq yangi iş örni yaratilişi kutilyapti. Bu byudjetga yiliga 100 mlrd sömdan ortiq soliq tuşumlari kelib tuşişini taʼminlaşi mumkin.
Renovatsiya loyihasi 2026−2032-yillarda uçta asosiy bosqiçda amalga oşiriladi.

















