Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Buxoroga taşrifi davomida buyuk alloma Bahouddin Naqşband me'moriy majmuini ziyorat qildi. Bu haqda ÖzA xabar berdi. 

«Eski tuzum davrida bu muqaddas maskan xarob bölib qolgan edi. Istiqlol yillarida milliy, madaniy va ma'naviy qadriyatlarimizni, tarixiy obidalarimizni tiklaş borasida keng kölamli işlar amalga oşirildi. Birinçi Prezidentimiz Islom Karimov taşabbusi bilan 1993 yilda Bahouddin Naqşband tavalludining 675 yilligi munosabati bilan mazkur ziyoratgoh ta'mirlandi. Majmuadagi daxmalar, maqbaralar, masjidlar, ayvonlar va madrasaning haqiqiy qiyofasi tiklanib, qutluğ qadamjoga aylantirildi», deyilgan xabarda. 

Taomilga binoan Bahouddin Naqşbandning ruhi poki haqiga Qur'on tilovat qilingan. 

Prezident mazkur yodgorlik majmuasini yanada obod maskanga aylantiriş böyiça mutasaddilarga tegişli körsatmalar bergan. 

«Buxoroning jahon sivilizatsiyasi va islom madaniyati rivojiga qöşgan hissasi beqiyos. Bu zaminda köplab allomalar tavallud topgan va yaşagan. Ularning boy madaniy merosini çuqur örganiş va keng tarğib qiliş uçun bu yerda Toşkent islom universitetining maxsus fakultetini taşkil qiliş kerak», degan davlat rahbari.