AQŞ va Rossiya Suriya böyiça generallar darajasida aloqa kanalini taşkil etiş böyiça ilk fikr almaşuvini ötkazdi. Bu haqda Amerika qurolli kuçlari ştab boşliqlari qömitasi raisi matbuot kotibi Gregori Xiks TASS agentligiga ma'lum qilgan. 

Uning sözlariga köra, tomonlar şu kabi masalalarning "amaliy darajasini muhokama qilişgan". U Suriya hududi va havo kengliklarida "ziddiyatga boriş ehtimolini kamaytiriş maqsadiga xizmat qiluvçi bu kanalni qay yösinda joriy qilinişi borasida fikrlar almaşilgan"ini ta'kidlagan. 

Biroq, Xiks mazkur uçraşuv qayerda, qaçon va kimning vositaçiligida bölib ötganiga oydinlik kiritmagan.