Buxoro viloyatida taşrif bilan bölib turgan Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Amu-Buxoro irrigatsiya tarmoqlari loyihasi taqdimoti bilan ham tanişdi.

ÖzA xabariga köra, Özbekiston birinçi prezidenti Islom Karimovning 2015 yil 25 avgustdagi qaroriga muvofiq «Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklaş» loyihasi amalga oşirilmoqda. Şu kungaça Quyi mozor, Qoraköl va Olot nasos stansiyalari rekonstruksiya qilindi.

Umumiy qiymati 406 million dollardan ortiq bölgan mazkur loyiha doirasida Amu-Buxoro-I yangi nasos stansiyasi quriladi, Amu-Buxoro-II, Quyi Mozor, Qiziltepa va Qiziltepa-I nasos stansiyalari rekonstruksiya qilinadi.

Buning samarasida Buxoro viloyatida 275 ming, Navoiy viloyatida 40 ming gektar yer suv bilan barqaror ta'minlanadi. Yiliga 134,2 million kilovatt elektr energiyasi, 25,6 milliard sömdan ziyod byudjyet mablaği tejaladi.

Prezidentimiz bu irrigatsiya tizimi Buxoro uçun juda muhim ahamiyatga ega ekanini ta'kidlab, ajratilgan mablağ va texnikalardan oqilona foydalaniş, belgilangan tadbirlarni öz vaqtida amalga oşirişga e'tibor qaratiş böyiça körsatmalar berdi.

Şu yerning özida joriy yilda Buxoro viloyatida taşkil qilinadigan intensiv mevazor va uzumzorlar rejasi ham namoyiş etildi.

Prezident Buxoro tumanida qurilayotgan qiymati 21,8 mln dollarlik agrologistika markazini ham borib kördi.

«Özbekiston Milliy banki huzuridagi Kiçik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlarining eksportini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi va Property Industry kompaniyasi ta'sisçiligida Buxoro tumanida 38 gektarda agrologistika markazi barpo etilmoqda», deyiladi xabarda.

Umumiy qiymati 21,8 million dollar bölgan mazkur loyiha doirasida markazda Xitoy, Germaniya, Daniya texnologiyalari asosida meva-sabzavotlarni quritiş, muzlatiş, murabbo, jyem va tuzlamalar işlab çiqariş quvvatlari, muzlatkiç va sublimatsiya taşkil etiladi.

Bu yiliga 10 ming tonna meva-sabzavotni qayta işlaş, dastlabki yillarda 6,5 million dollar miqdoridagi mahsulot eksport qiliş imkonini beradi. Natijada 250 doimiy iş örni yaratiladi.

Uşbu agrologistika markazida mahalliy xom aşyo asosida eni 12 metrlik polietilen plyonkalar, agrokimyoviy vositalar va suyuq öğitlar ham işlab çiqariladi. Şu paytgaça xorijdan olib kelingan bu mahsulotlar import örnini bosiş bilan birga eksportga ham yönaltiriladi.

Şavkat Mirziyoyev uşbu markaz loyihasi bilan tanişar ekan, bu yerda eksportbop mahsulotlar ekiş, kommunikatsiya tarmoqlarining uzluksiz işlaşini ta'minlaş zarurligini ta'kidladi.