Yevropa Ittifoqi Turkiyani bu mamlakatning Niderlandiya bilan mojarolari fonida vaziyatni keskinlaştirişi mumkin bölgan «ortiqça bayonotlar» va harakatlardan tiyilişga çaqirdi.

«Yevropa Ittifoqi Turkiyani vaziyatni yanada oğirlaştirişi mumkin bölgan ortiqça bayonotlar va harakatlardan tiyilişga çaqiradi», deyilgan YeI diplomatiyasi rahbari Federiki Mogerini va Qöşniçilik siyosati böyiça yevrokomissar Yoxannes Xanning qöşma bayonotida.

Bayonotda şuningdek, agar Turkiyada 16 aprel kungi referendumdan keyin konstitutsiyaga özgartirişlar kiritilsa, Turkiya YeIga kirişga nomzod va Yevropa Kengaşi a'zosi sifatida baholanişi haqida aytilgan.