Yevropa Ittifoqi Kengaşi Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça YEI harbiy yordam missiyasi (EUMAM) vakolat muddatini yana ikki yilga - 2028-yil 15-noyabrgaça uzaytirişga qaror qildi. Uşbu davr uçun byudjetdan qariyb 300 million yevro ajratilişi belgilandi.

Şuningdek, Ukraina hukumati va harbiylari bilan hamkorlikni yanada samarali muvofiqlaştiriş maqsadida mamlakat hududida missiyaning vakolatxonasi taşkil etiladi.

Bu haqda Yevropa Ittifoqi Kengaşining 9-noyabr, duşanba kuni eʼlon qilingan press-relizida maʼlum qilindi.

Missiya faoliyati kölami kengaytirilib, asosiy eʼtibor harbiy harakatlar davomida orttirilgan tajribadan olingan saboqlarga hamda Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş uçun harbiy tayyorgarlikni kuçaytirişga qaratiladi.

Bundan taşqari, EUMAM Yevropa Ittifoqiga aʼzo bölmagan hamkor davlatlar - AQŞ, Buyuk Britaniya, Kanada va Norvegiya bilan hamkorlikni davom ettiradi.

Missiya, şuningdek, xalqaro «Köngillilar koalitsiyasi» hamda NATO bilan ham hamkorlik qiladi.

EUMAM 2022-yil oktabrida Ukrainaning harbiy salohiyatini mustahkamlaş maqsadida taşkil etilgan.

Missiyaning asosiy vazifasi - Ukraina öz hududiy yaxlitligi va suverenitetini himoya qilişi, şuningdek, tinç aholini Rossiyaning qurolli tajovuzidan muhofaza eta olişi uçun mamlakat harbiy imkoniyatlarini oşirişga kömaklaşişdan iborat.

2022-yil oktabrida taşkil etilganidan buyon missiya Kievning söroviga binoan YEI davlatlari hududida 100 mingdan ortiq ukrainalik harbiy xizmatçini tayyorgarlikdan ötkazdi.

Yevropa Ittifoqi Ukrainaning mudofaa qobiliyatini mustahkamlaşni moliyalaştirmoqda

Sentabr oyi oxirida Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat böyiça oliy vakili Kaya Kallas YEI davlatlari Yevropa tinçlik jamğarmasidan (EPF) 6,6 milliard yevro mablağni ajratişga qöyilgan tösiqni olib taşlaşga kelişib olganini maʼlum qilgan edi.

Mazkur mablağlarni ajratişga 2023-yildan buyon Vengriya veto qöyib kelayotgan edi.

Uşbu summaning 4,7 milliard yevrosi YEI davlatlarining Ukrainaga avvalroq taqdim etgan qurol-yaroğ va öq-dorilari uçun sarflagan xarajatlarini qoplaşga yönaltiriladi.