Yevropa Ittifoqi duşanba, 13 mart kuni Rossiya va Ukraina fuqarolariga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni uzaytirdi. Bu haqda YeI Kengaşi saytida xabar berildi.

Öz içiga aktivlarni muzlatib qöyiş va hamdöstlik mamlakatlariga kirişga qöyilgan taqiqni qamrab olgan çeklov çoralari 15 sentabrga qadar uzaytirilgan.

Ta'kidlanişiça, bunday qaror YeI Rasmiy jurnalida taqdim etilgaç, 14 martdan kuç kiradi. U “Ukraina suvereniteti va mustaqilligi, hududiy yaxlitligini qöporuvçi yoki unga tahdid qiluvçi harakatlar” uçun qabul qilindi.

Qora röyxat qaytadan körib çiqildi – undan vafot etgan ikki şaxs olib taşlandi. Gap Donbass köngillilari yetakçisi Arseniy Pavlov va “Lugansk xalq respublikasi” boş vaziri lavozimida işlagan Gennadiy Tsipkalov haqida bormoqda.

Ayni damda röyxatda 150 jismoniy şaxs (ular rossiyalik ba'zi bir siyosatçilar, harbiy amaldorlar, tadbirkorlar, “DXR” va “LXR” vakillari), şuningdek 37 taşkilot bor. Ularga nisbatan sanksiyalar ilk bora 2014 yilning martida kiritilgan.

Bu çeklov çoralari töplamidan taşqari, şuningdek Rossiya iqtisodiyotining moliyaviy, energetik va mudofaa-sanoat sohasiga oid sanksiyalar ham bor (2017 yilning 31 iyuliga qadar). Bryussel Qrimga qarşi çeklov çoralarini ham kiritgan (2017 yilning 23 iyuniga qadar uzaytirildi).