Ötgan haftada Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdöğan örtasida ötgan muzokaralarda Anqaraga Rossiyaning havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlari S-400’ni yetkaziş masalasi muhokama qilingan. Bu ma'lumotni Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov tasdiqladi.
"Tomonlar bu masalaga qiziqiş bildirişmoqda va muzokaralar davom etadi", deb aytgan Peskov.
"Izvestiya" naşrining yozişiça, bu ma'lumotni Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoygu ham tasdiqlagan. Hozirça Turkiya uşbu masalaning turli jihatlarini örganib çiqmoqda.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatli davom etsa, bu Moskva va Anqara örtasida harbiy-texnik hamkorlik doirasidagi birinçi şunday yirik şartnoma böladi.












