SpaceX kompaniyasining raketa taşuvçisi Falcon 9 Floridadagi Karnavel burnidan parvoz qildi. U kosmosga EchoStar-23 telekommunikatsiya sun'iy yöldoşini olib ketgan. Kompaniya jarayon translyatsiyasini olib bormoqda.

EchoStar-23 sun'iy yöldoşi Janubiy Amerika hududida televideniyeni uzatiş uçun möljallangan. Oğirligi 5,5 tonna bölgan qurilma geostansionar orbitada 35 ming kilometrga yaqin balandlikda işlaşi lozim.

Parvoz 14 mart kuni kutilayotgandi, ammo ob-havo şaroiti tufayli boşqa kunga qoldirilgandi.

Ilon Maskning SpaceX kompaniyasiga qaraşli Falcon 9 taşuvçi raketasi 2016 yilning 1 sentabr kuni isroilliklarning EchoStar 23 sun'iy yöldoşini orbitaga olib çiqişi kerak edi, ammo Kanaveral burnida (Florida ştati, AQŞ) joylaşgan SLC-40 parvoz platformasidagi sinov çoğida portlab ketgandi.