Kompaniya loyiha uçun alohida sahifa oçib, bölajak buyurtmaçilarga takliflarini eʼlon qildi. SpaceX tadqiqotçilar va işlab çiqaruvçilarga mikrogravitatsiya, yaʼni deyarli vaznsizlik şaroitida muntazam işlaş imkonini bermoqçi.
Rasmiy maʼlumotlarga köra, har bir Starfall orbitaga bir tonnagaça foydali yuk olib çiqişi mumkin. Bu yuk ilmiy uskunalar, tajriba namunalari yoki işlab çiqariş jihozlaridan iborat böladi. Ularni işlatiş uçun bir kilovatt elektr quvvati ajratiladi. Parvoz qança davom etişi esa buyurtmaçining ehtiyojiga qarab belgilanadi.
Apparatdagi uskunalar Starlink sunʼiy yöldoş tarmoği orqali Yer bilan uzluksiz aloqada bölişi közda tutilgan. Şu tufayli olimlar tajriba natijalarini apparat hali orbitada turgan paytdayoq olişi mumkin böladi. Namunalarning özini batafsil tekşiriş uçun esa ularni Yerga qaytariş imkoniyati bor.
SpaceX Starfall’dan uçta asosiy yönalişda foydalanişni taklif qilmoqda. Birinçisi - tibbiyot va biologiyaga oid tadqiqotlar. Kompaniya vaznsizlik şaroitida özak hujayralardan organoidlar östiriş, köçirib ötkaziş uçun töqimalar va köp qatlamli biologik materiallar ustida işlaş imkoniyatini körsatgan.
Organoid - inson aʼzosining ayrim xususiyatlarini takrorlaydigan kiçik hujayraviy tuzilma. Olimlar undan aʼzolar qanday rivojlanişini, kasalliklar va dori moddalari hujayralarga qanday taʼsir qilişini örganişda foydalanadi. Starfall şu kabi tajribalarni kosmos şaroitida ötkazişga xizmat qilişi mumkin.
Ikkinçi yönaliş - dori yaratişga qaratilgan izlanişlar. Farmatsevtika kompaniyalariga oqsillar va kiçik molekulali dori moddalarining kristallarini vaznsizlikda hosil qiliş taklif etilmoqda.
Yerda tortişiş taʼsirida yuzaga keladigan suyuqlik oqimlari va zarralarning çökişi kristallarning şakllanişiga taʼsir qiladi. SpaceX’ning taʼkidlaşiça, mikrogravitatsiyada ayrim dori moddalari va oqsillar maydaroq, bir xil kristallar hosil qilişi mumkin. Kompaniya bu şaroitdan yangi dorilarni tadqiq qilişda foydalanişni taklif qilmoqda.
Uçinçi yönaliş - yangi materiallar işlab çiqariş. Bunga çiplar tayyorlaşda qöllanadigan yarimötkazgiçlar ham kiradi. Orbitadagi deyarli vaznsizlik va vakuum - havo deyarli yöq muhit - Yerda uzoq vaqt davomida yaratiş qiyin bölgan şaroitda işlaş imkonini beradi.
Starfall’ning yana bir afzalligi tajribalarni haftalab davom ettiriş imkoniyati sifatida körsatilmoqda. Yerda namunalarni maxsus minoralarda erkin tuşiriş yoki samolyotlarda maxsus parvoz manyovrlarini bajariş orqali vaznsizlikni faqat qisqa vaqtga hosil qiliş mumkin. Orbitada esa bunday şaroit uzluksiz saqlanadi.








