Amerikalik jurnalist va kosmik soha şarhlovçisi Erik Berger yangi maqolasida SpaceX bilan AQŞ hukumati örtasidagi munosabatlar jiddiy özgarayotganini yozdi. Uning kuzatişiça, bir vaqtlar davlat şartnomalari uçun faol kuraşgan kompaniya endi ularning aksariyatiga avvalgidek ehtiyoj sezmayapti.
Sönggi 15 yil davomida SpaceX boşqa pudratçilar muddatlarni buzgan, belgilangan byudjetdan oşib ketgan yoki vazifani bajara olmagan paytlarda AQŞ hukumatining kosmosga çiqişini taʼminlab keldi. Kompaniya bu borada raqobatçilaridan ança köp holatlarda işonçli yeçim taklif qildi.
Biroq endi munosabatlardagi muvozanat teskari tomonga oğmoqda. Bergerning yozişiça, SpaceX davlat buyurtmalariga borgan sari kamroq qiziqyapti. Harbiy aloqa va kuzatuvga xizmat qiluvçi Starshield kabi maʼlumot uzatiş tizimlari bundan mustasno bölişi mumkin.
Hamkorlikning kamida ayrim yönalişlarda qisqarib borayotganini körsatuvçi belgilar köpaymoqda.
Jumladan, SpaceX NASAga Crew Dragon kemalarining ekipajli parvozlarini 2030-yildan keçiktirmay töxtatişini maʼlum qilgan. Holbuki, hozir aynan şu kema NASA astronavtlarini Xalqaro kosmik stansiyaga muntazam va işonçli yetkazib berayotgan asosiy vosita bölib turibdi.
Şuningdek, SpaceX 2028-yildan keyinga rejalaştirilgan missiyalar uçun Falcon 9 raketasida tijoriy uçiriş xizmatlarini sotişni töxtatgan. Kompaniya kelgusida NASA buyurtmalari böyiça ham uşbu raketadan foydalanişdan voz keçişi mumkin.
Oktabr oxirida NASA'ning xavfsizlik böyiça maslahat guruhi yiğilişida Kent Rominger şu ehtimolga işora qilgan. Uning aytişiça, Xalqaro kosmik stansiyani orbitadan çiqariş uçun Dragon asosida yaratilayotgan Amerika apparati 2030-yildan keyin uçiriladigan bölsa, uni kosmosga olib çiqiş uçun boşqa turdagi raketa talab etilişi mumkin.
Ötgan hafta SpaceX AQŞ Kosmik kuçlariga 2020-yillar oxirida amalga oşirilişi rejalaştirilgan uçta yangi uçiriş böyiça tanlovda qatnaşmasligini bildirgan. Gap kompaniyaning Amerika harbiylari oldidagi amaldagi majburiyatlaridan taşqari qöşimça şartnomalar haqida ketmoqda.
Yana bir özgariş Oyga yuk yetkaziş loyihalariga daxldor. SpaceX avval NASA'ning Commercial Lunar Payload Services dasturi doirasida bölajak Oy bazasi uçun kiçik qöniş apparatlari yaratayotgan Amerika kompaniyalariga uçiriş xarajatlarining dastlabki hisob-kitoblarini taqdim etib kelgan. Bunday taxminiy baholar ROM - Rough Order of Magnitude deb ataladi.












