Bugun Özbekiston va Turkiya örtasida diplomatik aloqalar örnatilganining 25 yilligiga bağişlangan qabul marosim ötkazildi. Özbekiston mustaqilligini dunyoda birinçi bölib Turkiya 1991 yil 16 dekabrda tan olgan. 1992 yil 4 martda esa ikki mamlakat örtasida diplomatik aloqalar örnatilgan.
Marosimni özbek tilidagi ma'ruzasi bilan oçgan Turkiyaning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi Ahmet Başar Şen Özbekiston mustaqilligi birinçi bölib tan olinişida alohida ramziy ma'no borligini, u ham bölsa, bir asrdan ziyod vaqt mobaynida aloqa qilişdan mahrum bölgan qardoş özbek xalqini soğiniş bilan boğliqligini ta'kidladi. Turkiyalik diplomat qardoş Özbekistonda elçilik faoliyatini boşlaganidan mamnunligini bildirdi.

«Men Turkiya Respublikasi diplomati sifatida ota yurtimiz sanalgan Özbekistonda faoliyat yuritişni şaraf deb bilaman. Tili, dini hamda madaniyati muştarak bölgan döst va qardoş ölkaga elçi sifatida tayinlanişim menga iftixor bağişlaydi. Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdöğanning 2016 yil 17-18 noyabr kunlari Özbekistonga amalga oşirgan taşrifi, Samarqanddagi Hazrati Xizr majmuiga taşrif buyurib, Özbekistonning birinçi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilişi qardoş mamlakatlarimiz hamkorligida yangi sahifa oçdi. 2017 yil mamlakatlarimiz hamkorligida yanada yuksaliş yili bölişiga işonaman. Umuman, qardoş özbek zaminidagi elçilik muhlatim mobaynida döstligimizni bundan-da mustahkamlaş yölida bor kuç-ğayratimni işga solaman. Zero, Özbekistonga bir olam ezgu maqsadlar bilan taşrif buyurganman», – dedi turkiyalik diplomat.
Qayd etiş kerakki, Ahmet Başar Şen ikki oy davomida özbek tilini çuqur özlaştirgan, u bugungi marosimda ma'ruzani boşidan oxirigaça özbek tilida öqidi.

Bugungi marosimda Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov iştirok etdi. Bu esa Özbekiston-Turkiya munosabatlari har qaçongidan köra iliqligini körsatadi. Zero, Turkiya elçixonasi uyuştirgan qabul marosimida Özbekiston hukumati rahbarining birinçi bor qatnaşişi böldi.
«Özbek va turk xalqlari din, til, tarix va madaniy jihatdan bir-biriga juda yaqin. Turkiya bugun ulkan imkoniyatlarga ega va dunyo miqyosida e'tibor qozongan davlat sanaladi. Turkiya keyingi paytlarda ulkan muvaffaqiyatlarga erişdi. 2023 yilda Turkiya dunyoning rivojlangan davlatlari öntaligiga kiritiş dasturi hurmatga loyiq, albatta. Özbekiston özining Strategik harakatlar dasturida Turkiya bilan munosabatlarga alohida e'tibor qaratgani bejiz emas. Diplomatik munosabatlar örnatilganidan beri özaro 15 marotaba oliy va yuqori darajadagi taşriflarning amalga oşgani ham har ikki tomonda munosabatlarni mustahkamlaşga intiliş borligini namoyon etadi», – dedi boş vazir.
Ta'kidlaş joizki, Turkiyaning Özbekiston bilan aloqalari yaxşilanişi nafaqat ikki mamlakat yoki mintaqa, balki butun dunyodagi kuçlar muvozanatiga öz ta'sirini körsatadi. Negaki, Turkiya ham, Özbekiston ham strategik ahamiyatga ega, madaniyatlar va manfaatlar kesişgan çorrahada joylaşgan.

Boş vazir Özbekiston Turkiyaga özining muhim va uzoq muddatli hamkori sifatida qaraşini, xalqlar örtasidagi döstlik riştalarini mustahkamlaş, hamkorlikni özaro işonç tamoyillari asosida rivojlantiriş tarafdori ekanini qayd etdi. Özbekiston hukumati delegatsiyasining şu yil 26 fevral – 2 mart kunlari Turkiyaga taşrifi özaro kelişuvlarning mantiqiy davomi böldi.
«Xalqimizda bir naql bor. Poyqadami qutluğ kelsin degan. Özbekiston-Turkiya munosabatlarida yangi sahifaning oçilişi Ahmet Başar Şenning yangi elçi etib tayinlanişiga töğri keldi. Bu uning qadami qutluğ kelganining ifodasidir», degan Aripov.
E'tirof etiş joiz, qardoşlik aloqalarini çuqurlaştiriş uçun asoslar yetarli. Hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida özaro imzolangan 90dan oşiq hujjat, jumladan, Abadiy döstlik va hamkorlik töğrisida bitim bunga poydevor böladi.

Rajab Toyib Erdöğan Özbekistonga taşrifi arafasida Turkiyaning Özbekiston bilan aloqalarida yangi sahifa oçiş istagida ekanini bildirgan edi.
«Özbekiston bilan aloqalarimizni ikki qardoş ölkaga yaraşadigan bir saviyaga çiqarişni istaymiz. Bu jihatdan özbek qardoşlarimizda ham kuçli bir iroda va qat'iyat borligini köryapmiz», – degandi u.
Abduvali Saybnazarov












