1 iyul kuni Toşkent xalqaro aeroportida jahon çempionatidan qaytgan Özbekiston milliy jamoasi futbolçilarini tantanali kutib oliş tadbiri ötkazildi.
Marosimda boş vazir Abdulla Aripov sözga çiqib, milliy jamoa nomdor raqiblarga qarşi «jasorat bilan kuraşganini» aytdi va futbolçilarni «divan ekspertlari»ni keçirişga çaqirdi. Boş vazir bunda milliy jamoani ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qilganlarni nazarda tutgan edi.
«Sizlar FIFA reytingida 5-örinda turgan Portugaliya, 13-örinda turgan Kolumbiya va köplab futbolçilari Yevropa va jahonning yetakçi klublarida töp suradigan Kongo milliy jamoalariga qarşi mardonavor kuraşdingiz. Har bir hujum, har bir himoya, har bir zarba va har bir kuraş lahzasi xalqimizga hayajon, umid va faxr bağişladi», dedi u.
«Hurmatli futbolçilar, sizlarning maşhurligingiz orqali salbiy fikrlar bildirib, öziga soxta obro‘ va layk olmoqçi bölgan har xil omadsiz sportçilar, mutaxassis va divan ekspertlari köp böladi. Ularni ham keçirib yuboringlar», deb qöşimça qildi hukumat rahbari.
Eslatib ötamiz, Özbekiston milliy jamoasi jahon çempionatida Kolumbiyaga 1:3, Portugaliyaga 0:5, Kongo DR ga 1:3 hisobida yutqazdi va guruhda sönggi örinni egalladi. Özbekistonning ikkala goli Abbosbek Fayzullayev va Eldor Şomurodov hisobiga yozildi. Milliy jamoa umumiy hisobda 48 ta terma jamoa içida 46-örinni egalladi.











