Fors körfazi mamlakatlarida bölib turgan fuqarolar Özbekistonga qaytariladi. Hukumatdagi manba Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, prezident Şavkat Mirziyoyev bu işni samarali taşkil etiş yuzasidan boş vazir Abdulla Aripovga topşiriq bergan.
Bugun, 2 mart kuni Vazirlar Mahkamasida ötkazilgan videoselektor yiğilişida mazkur topşiriq ijrosini ta’minlaş masalalari muhokama qilingan.
Videoselektorda fuqarolarni xavfsiz va tizimli ravişda vatanga olib keliş böyiça zarur çoralarni köriş yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingan. Mamlakatdagi barça aviakompaniyalarga Fors körfazi davlatlarida bölib turgan yurtdoşlarni qaytariş çoralarini köriş topşirilgan.
Xususan, Jidda–Toşkent yönalişida repatriatsiya reyslarini taşkil etişga alohida e’tibor qaratiş vazifasi yuklatildi.
Majlisda tegişli vazirlik va idoralar rahbarlariga Fors körfazi davlatlari bilan amaldagi kelişuvlarning ijro holatini tahlil qiliş, şuningdek, eksport-import operatsiyalari uçun muqobil yönalişlarni körib çiqiş böyiça topşiriqlar berilgan. Qayd etilişiça, vaziyatdan kelib çiqib, barça zarur çoralar tezkorlik bilan amalga oşiriladi.
Ma’lumot uçun, Özbekistondagi barça aviakompaniyalarga keyingi ogohlantirişgaça ziyoratçilarni Umra dasturi böyiça Saudiya Arabistoniga olib boriş vaqtinça töxtatilgan va 2026 yil 2 martdan boşlab fuqarolarni vatanga qaytariş uçun Uzbekistan Airways Jidda–Toşkent yönalişida maxsus repatriatsiya reyslarini amalga oşiriş belgilangan edi.












