Joriy yilning 16 mart kuni Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Şoşilinç tibbiy yordamni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmoni imzolandi.
Farmon bilan Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining Respublika şoşilinç tibbiy yordam markazi Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligining Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi, deb qayta nomlandi. Bu haqda Kun.uz’ga Soğliqni saqlaş vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Şuningdek, Farmonda Markazning asosiy vazifalari belgilandi.
Xususan, aholiga bepul asosda malakali ixtisoslaştirilgan, yuqori texnologiyali şoşilinç, tez va keçiktirib bölmaydigan tibbiy xizmat körsatiş, samaradorligi böyiça jahon talablariga mos keladigan şoşilinç tibbiy yordam tizimining faoliyatiga taşkiliy-uslubiy rahbarlik qiliş, keçiktirib bölmaydigan holatlarning profilaktikasi, diagnostikasi va ularni davolaş böyiça yangi, samarali texnologiyalarni yaratiş, xorijiy turdoş taşkilotlar bilan yaqin hamkorlik örnatiş kabi yönalişlar Markazning asosiy vazifalari sifatida qayd etildi.
Bundan taşqari, Markaz şoşilinç tibbiy yordam körsatiş sohasida fan va ilmiy tadqiqotlar rivojlanişining ustuvor yönalişlarini şakllantiriş, şoşilinç tibbiy yordam körsatiş tizimini yanada takomillaştiriş va ilğor texnologiyalarni yaratiş yuzasidan ilmiy tadqiqotlar olib borişni, şifokorlar va örta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş, şoşilinç tibbiy yordam körsatiş tizimi uçun ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaşni ham muvofiqlaştirib boradi.












