15 martdan boşlab Turkiya rossiyalik eksportçilarga makka, buğdoy va kungaboqar kunjarasiga boj kiritdi, deb xabar bermoqda "Interfaks" axborot agentligi.
Rossiya agrar bozori kon'yunkturasi instituti boş direktori Dmitriy Rilkoning aytişiça, Anqara "bir qator davlatlar va birinçi navbatda Rossiyaga litsenziyalar berişni töxtatgan". Uning aytişiça, rossiyalik eksportçilarga 130 foizlik boj solinadi.
Axborot agentligining ta'kidlaşiça, Rossiya qişloq xöjaligi mahsulotlari eksportçilarining milliy uyuşmasi Rossiya qişloq xöjaligi vaziri Aleksandr Tkaçevga "Turkiyaga Rossiyada işlab çiqarilgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining heç qanday tösiqlarsiz eksport qilinişini qayta joriy qiliş uçun tezkor çoralar köriş" talabi bilan murojaat qilgan.
2016 yil iyulidan 2017 yil fevraligaça Turkiya Rossiyadan 2 mln tonna buğdoy import qilgan. 2015-2016 yillarda bu miqdor 3,1 mln tonnani taşkil qilgandi.












