Rossiya Afğonistonda milliy yaraşuvga erişiş uçun qöşimça çoralar körmoqçi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Afğoniston prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Xanif Atmar bilan uçraşuvda aytib ötdi.
"Siz bilan milliy yaraşuvga erişiş bilan boğliq masalalarda suhbatni davom ettiriş bizga juda muhimdir. Biz oxirgi oylarda bir qator davlatlar iştirokida taşabbuskor qadamlar qabul qildik. Bu yönalişda qöşimça qadamlar qabul qilmoqçimiz", deb aytgan Lavrov.
"Bizda Afğoniston bilan savdo-iqtisodiy, gumanitar sohalarda, afğon xavfsizlik kuçlari, armiyasi jangovarligini mustahkamlaşga yordam beriş böyiça hamkorlikni yanada rivojlantiriş istagi saqlanib qolgan", deb qöşimça qilgan Lavrov.
Lavrov Moskva va Kobul turli sohalarda barqaror muloqotni qöllab-quvvatlaşlarini aytdi.
Öz navbatida Atmar Afğoniston Rossiyaning taşabbuslarini yuqori baholaşini aytgan. "Afğoniston an'anaviy tarzda köp yönalişli taşqi siyosatni olib boradi va Rossiya davlatimizning taşqi siyosatida muhim omil hisoblanadi. Rossiya va Afğonistonda köplab umumiy manfaatlar mavjud va bizning hamkorlik bu umumiy maqsadlarga erişişda muhim rol öynaydi. Bizning hamkorlik terrorçilik, giyohvand moddalar tarqalişiga qarşi kuraşda, Afğonistonda tinçlik va milliy yaraşuvni ta'minlaşda muhim rol öynaydi", deb aytgan Atmar.












