2012 yilda suratgan olingan hamda beş yil davomida öz premerasini kutgan “Salam Maskva” köp seriyali filmi 21 mart kuni ekran yuzini köradi. Bu haqda Rossiya OAV xabar tarqatdi.
“Bu kartina katta tajriba” – dedi film prodyuseri Denis Yevstigneyev. Mualliflarning fikriga köra, “etnik” qahramonlar özlarining ona tillarida gaplaşişi kerak bölgan.
Filmda tojik, ozarboyjonlik, xitoylik, armanistonlik, özbekistonlik, moldovalik va qirğizistonlik aktyorlar suratga tuşişgan. Tanlov böyiça direktor Tina Tumanişvili sözlariga köra, eng murakkab iş Moskvada Tojikiston va Vetnamlik professional aktrisalarni topiş böldi. Yakunda vetnamliklar rolini buryatlar, Tuva va Özbekistondan bölgan aktyorlar ijro etdi.
Filmning har bir seriyasi ma'lum bir voqeaga bağişlanadi. Detektiv-jinoiy voqealar qahramonlari – turli diasporalar vakillari. Mualliflar barça millatlar orasida yaxşi va yomonlar, razil hamda ezgu niyatli odamlar bor ekanini körsatib berişdi – şuningdek, “özgalar”, “etnik jinoyatçilar” bilan emas, balki umuman jinoyatçilik bilan kuraşiş kerakligi namoyiş etiladi.












