Moskva AQŞga Afğoniston böyiça 14 aprelga rejalaştirilgan maslahatlaşuv uçun taklifnoma jönatdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti Rossiya prezidenti maxsus vakili, RF TIVning ikkinçi Osiyo departamenti rahbari Zamir Kabulovga asosan.
"Fevralda mintaqadagi barça davlatlar bilan maslahatlaşuvlar ötkazdik (Afğoniston böyiça), 14 aprel kuni esa bu maslahatlaşuvlar doirasini kengaytiramiz hamda Markaziy Osiyoning beş davlati va AQŞ vakillarini taklif etdik", - dedi Kabulov.
Afğoniston prezidentining milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Muhammad Hanif Atmarning ma'lum qilişiça, Afğoniston böyiça maslahatlaşuvlar 14 aprel kuni Moskvada bölib ötadi, unda 12 mamlakat, jumladan, AQŞ ham iştirok etişi ehtimolga yaqin.
Şu bilan birga, Kabulovning ta'kidlaşiça, AQŞ hozirça öz iştirok darajasini tasdiqlagani yöq.
"Biz ularni taklif qildik – ular buni hal qilişi kerak. Hozirça javob olmadik, sababi ularda haligaça kişilar tayinlanmagan", - deya ta'kidlab ötdi Kabulov.












