2016 yilda Rossiyadan Özbekistonga tölov tizimlari orqali 1,888 mlrd dollar pul ötkazmalari yuborilgan, bu 2015 yil bilan taqqoslaganda 20,34 foizga kamroq. Bu haqda Rossiya Markaziy banki ma'lumotlari darak bermoqda.
Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga köra, Özbekistondan Rossiyaga tölov tizimlari orqali 87 mln dollar ötkazilgan (2015 yilda – 357 mln dollar, -75,63 foiz).
Rossiyadan tölov tizimlari orqali Özbekistonga bir pul ötkazmasining örtaça qiymati 431 AQŞ dollarini taşkil etgan bölsa, Özbekistondan Rossiyaga 1203 AQŞ dollariga teng böldi.
Rossiya Markaziy banki ma'lumotlariga köra, 2016 yilning törtinçi çoragida Rossiyadan Özbekistonga tölov tizimlari orqali 514 mln dollar yuborilgan.
Şu bilan birga, Özbekistondan Rossiyaga 2016 yilning törtinçi çoragida tölov tizimlari orqali 19 mln dollar ötkazildi.
Rossiya Markaziy bankining ta'kidlaşiça, bu ma'lumotlar Anelik, BLIZKO, Contact, InterExpress, UNIStream, Western Union, Kolibri, Zolotaya Korona, LIDeR, Poçta Rossii kabi tölov tizimlarini qamrab olgan.











