«Arsenal» hujumçisi Aleksis Sançes qanday şart evaziga Londonda qolişi mumkinligi haqida gapirdi. Bundan oldinroq uşbu çililik futbolçi moliyaviy masalalarda kelişa olmayotgani tufayli şartnomasini uzaytirmayotgani aytilgandi. Unga endilikda «Mançester Siti», «PSJ», «Yuventus», va «Bavariya» qatorida «Çelsi» klubidan ham qiziqiş paydo bölgan.

«Men Londonda özimni juda yaxşi his qilaman va «Arsenal» bilan şartnomamni oxirigaça işlaş niyatidaman. Şu şaharda öynaşda davom etib, sovrinlar yutişni istayman. Men öz oldiga katta maqsadlar qöyadigan jamoada harakat qilmoqçiman. Yoşim 28da va hali hammasi oldinda. Men öz organizmim haqida qayğurişni heç qaçon yoddan çiqarmayman. Umid qilamanki, «Arsenal» bilan ham sovrinlarga ega çiqaman», - deya Aleksisning sözlarini keltiradi Metro.

Joriy mavsumda uşbu futbolçi jamoaning barça turnirlari doirasida 38 uçraşuv ötkazib, 22 gol urdi hamda 18 golga uzatma berdi. Transfermarkt.de portali futbolçining transfer qiymatini 65 mln yevroga baholagan. Aleksisning «Arsenal» bilan şartnomasi 2018 yilning yoziga qadar imzolangan.