Rossiyalik milliarder Oleg Deripaska 5 yil davomida AQŞ prezidenti Donald Tramp saylovoldi ştabining sobiq rahbari Pol Manafortga 50 mln dollar bergan, deb yozmoqda öz manbalariga iqtibos keltirgan holda "Associated Press" axborot agentligi.
"Pol Manafort Rossiya prezidenti Vladimir Putinning manfaatlarini ilgari suriş maqsadida rossiyalik milliarder uçun maxfiy ravişda işlagan", deyilgan maqolada.
2005 yilda Manafort "Putin hukumatiga foyda keltirişi mumkin bölgan" strategik rejani yozgan. Axborot agentligining ta'kidlaşiça, bu davrda Kiçik Jorj Buş boşçiligidagi AQŞ va Rossiya örtasida munosabatlar yomonlaşayotgan bölgan.
Ma'lumotlarga köra, Manafort 2006 yilda unga yiliga 10 mln dollardan tölab boriladigan şartnomani imzolagan. Uşbu şartnoma kamida 2009 yilgaça, ya'ni 5 yil amal qilgan.
Manafort axborot agentligiga Deripaska uçun işlaganini tasdiqlagan, biroq uning bu işini noqonuniy deb baholaş adolatsiz ekanligini aytgan.












