Avstraliya boş vaziri Malkolm Ternbull öz mamlakati Qöşma Ştatlar va Xitoy örtasida siyosiy tanlovni amalga oşirişi kerakligi haqidagi ğoyani notöğri deya atadi.

"Vaşington avvaldan bizning kuçli ittifoqçimiz, Pekin esa – yaxşi döstimiz hisoblanadi", - deya ma'lum qildi Ternbull Kanberraga taşrif bilan kelgan XXR Davlat kengaşi boş vaziri Li Ketsyan bilan qöşma matbuot anjumanida çiqiş qilib.

"AQŞ va Xitoy örtasidagi munosabatlar dunyo barqarorligi, xavfsizligi va farovonligi uçun juda muhim sanaladi, - deya ta'kidlab ötdi Avstraliya hukumati rahbari. – Biz uşbu davlatlar bilan juda mustahkam aloqalarga ega ekanimiz hamda ular turliça körinişga egaligi juda ijobiy rolga ega. Şuning uçun biz tanlov oldida qolganimiz yöq, biz köp qutbli dunyoda yaşamoqdamiz hamda har bir mamlakat uning barqaror rivoji uçun öz hissasini qöşişi lozim".

XXR Davlat kengaşi boş vaziri avstraliyalik hamkasbi fikriga qöşilgan hamda “Xitoy-Avstraliya hamkorligi boşqa davlat hamda mintaqalarga foyda keltirişi va uçinçi mamlakatlarga qarşi qaratilmaganini” ma'lum qildi.

2015 yilning dekabrida Xitoy va Avstraliya erkin savdo haqidagi kelişuvga erişdi. Xitoy Avstraliyaning eng yirik savdo şerigi sanaladi – ötgan yilda savdolar hajmi 150 milliard dollarga yetdi, bu esa uning AQŞ va Yaponiya kabi yirik şeriklari bilan özaro savdo hajmidan köproq degani.

Ternbullning xabar berişiça, mamlakatlar iqtisodiy hamkorlikni faol ravişda davom ettiriş niyatida.

Avstraliya boş vazirining aniqlik kiritişiça, ular nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy aloqalarni ham muvaffaqiyatli rivojlantirmoqda: ötgan yili Avstraliyaga 1,2 million xitoylik sayyoh kelgan bölsa, Xitoyga 450 mingdan ortiq avstraliyalik taşrif buyurdi. 

"Biz şuningdek xavfsizlik muammolari böyiça yuqori darajada muloqot boşlaş haqida e'lon qilmoqdamiz, u birinçi navbatda, kiberxavfsizlik, xalqaro jinoyatçilik va terrorizm bilan kuraşga qaratilgan böladi", - deya xabar berdi u.