Qöqon şahrida yonğin tufayli bir oilaning 3 a'zosi halok bölgan. Bu haqda sayt tahririyatiga telefon qönğiroği orqali uşbu şaharda istiqomat qiluvçi manba xabar berdi.
U hodisa sababini aniq ayta olmasligi, yonğinga balki gazdagi nosozlik, balki elektr tokidagi nosozlik sabab bölişi mumkinligini bildirdi.
«Kun.uz» bu borada rasmiy ma'lumot oliş uçun IIV qoşidagi Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasining Farğona viloyati bölimiga murojaat qildi.
Viloyat bölimidagilar avvaliga bu haqda Qöqon şahri bölimidan aniq ma'lumot oliş mumkinligini bildirdi. Şahar bölimida esa ma'lumotlar yuqoriga yöllangani haqida aytilib, mavjud ma'lumotni bera olmasliklari ma'lum qilindi.
Ikkinçi safar Farğona viloyati bölimiga murojaat qilinganida esa, bu haqda respublika boşqarmasidan söraş kerakligi aytildi. Ya'ni, voqea rostdan röy bergani tan olindi, ammo bu voqea rostdan röy berganini rasman tasdiqlay olişmadi.
Natijada, sayt xodimi Yonğin xavfsizligi boş boşqarmasi bilan boğlandi. Boşqarma navbatçisi esa viloyatdan kelgan hisobotni öqib berdi.
Unga köra, 23 mart kuniga ötar keçasi, tungi soat 01:40da Qöqon şahri Taraqçilik köçasi 12-uyda yonğin röy bergan.
R.Qodirov va uning oilasi ijarada turgan uyda yonğin çiqqan. Uning rafiqasi M.Qodirova hamda 8 va 4 yoşlardagi ikki öğli hodisa qurboniga aylangan.
Uyning 100 kv m maydondagi hududi yongani, yonğin oila a'zolari uxlab yotgan boloxonaga yetib bormagani, ammo ular zahardan böğilib jon bergani aytilgan.
Yonğin sabablari ayni vaqtda aniq emas, tegişli tekşiruvlar ötkaziladi.
Sayt manbasining xabar berişiça esa voqea röy bergan hududda ayni vaqtda gaz quvurlari kesib taşlangan. Bu hudud aholisi hozirda gaz ballonlaridan foydalanadi. Bu esa fojianing sababi haqida turli taxminlarni paydo qiladi.
Şu tufayli imkon qadar tez vaqt içida hodisa sabablari örganilib, tafsilotlari ma'lum qilinişiga zarurat mavjud.
Şu örinda yana şuni ta'kidlaş joizki, bu ma'lumotlar kun davomidagi köp maşaqqatlar bilan qölga kiritildi. Bu hodisa haqida sayt öquvçisi dastlabki xabarni bermaganida "yopiğliq qozon yopiğligiça" qolişi ham mumkin bölgandi.
22 mart kuni Farğonada 18 mart kuni gaz portlaşi haqida berilgan xabar manbasi ham şaharda bunday hodisalar köp röy berişi, aksar hollarda bunday holatlar matbuot va jamoatçilik nazaridan çetda qolişini aytib ötgandi. Şuningdek, ötgan ön yilliklarda önlab kişilar ölimi bilan tugagan yirik fojialar röy bergani va sir tutilgani haqida ma'lumotlar mavjud.
Internet asrida esa bu holat saqlanib qolayotgani taajjublidir. Sayt tahririyati taşkilotlarni mavjud ma'lumotlarni yaşirmaslikka çaqirib qoladi.












