Rossiya Turkiya NATO a'zosi bölişiga qaramay, unga S-400 tizimlarini yetkazib berişdan çöçimaydi. Bu haqda Rossiya prezidentining harbiy-texnik hamkorlik böyiça yordamçisi Vladimir Kojin ma'lum qildi. Uning aytişiça, Turkiya uşbu havo hujumiga qarşi mudofaa tizimlariga katta qiziqiş bildirib, muzokaralar olib bormoqda.
 
"Ha, Turkiya NATO a'zosi. Biroq biz bundan çöçimaymiz. Nima uçun çöçimaymiz? Birinçidan, biz nimanidir yetkazib berişdan avval intellektual faoliyat natijalarini qat'iy tartibga solamiz va har bir davlat sotib olayotgan quroli bilan nima qilişi mumkinligi va nima qila olmasligi böyiça majburiyatlarni öz böyniga oladi", deb aytdi Kojin.

"Ikkinçidan, sotilayotgan narsa – bugungi kundir", deb qöşimça qildi Kojin.

Kojinning aytişiça, Rossiya armiyasi yanada mutlaq yangi qurol – yangi fizik tamoyillarga asoslangan S-500 tizimlari bilan jihozlanadi.

Turkiyaga S-400 tizimlarini yetkazib beriş masalasi Moskvada Rossiya va Turkiya prezidentlari örtasida muhokama qilingandi.    

S-400 tizimlarining birinçi xorijiy buyurtmaçisi Xitoy sanaladi. Xitoy bilan tizimlarning yetkazib berilişi böyiça şartnoma imzolangani 2015 yil martida e'lon qilingan. OAV ma'lumotlariga köra, bitimning umumiy qiymati 3 mlrd dollarni taşkil qilgan. 2016 yil oktabrda uşbu tizimlarni Hindistonga yetkazib beriş böyiça kelişuv imzolangan.