Rossiyaning Su-25SM hujumkor samolyotlari Qirğizistonning Kant aviabazasidan Tojikistonga köçirildi, ular qöşma aksilterrorçilik qömondonlik-ştab maşqlarida qatnaşadi. Bu haqda TASS Rossiya markaziy harbiy okrugi matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.

«Rossiyaning Su-25SM hujumkor samolyotlari Qirğizistondagi Kant aviabazasidan Tojikistonga köçirildi, ular ikki davlat qurolli kuçlarining birlaşgan guruh qöşinlari qöşma aksilterrorçilik qömondonlik-ştab maşqlarida iştirok etadi. Samolyotlar Duşanbedan 30 kilometr masofada joylaşgan Ayni aerodromidagi aviatsiya guruhi tarkibini töldiradi», - deyişgan matbuot xizmatida. 

Ta'kidlanişiça, ekipajlar yer ustidagi nişonlar, baza lagerlari va noqonuniy qurolli tuzilmalar omborxonalariga raketa-bomba zarbalari beriş böyiça maşqlarni ötkazadi.

Maşqlarda markaziy harbiy okrug harbiy boşqarmasi tezkor guruhlari, 201-harbiy baza bölinmalari, harbiy okrugning alohida birlaşmalari va harbiy qismlari, Tojikiston mudofaa vazirligining maxsus topşiriqli desant va mexanizatsiyalaşgan piyoda brigadalari tarkibidagi bölinmalar iştirok etadi.