Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 17 mart kuni “Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida tadbirkorlik faoliyatini olib boriş uçun qöşimça qulay şaroitlar yaratiş çora-tadbirlari töğrisida” qarorga imzo çekdi.

Hujjat “Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatining iqtisodiyotini jadal rivojlantiriş, tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş va eksport salohiyatini kengaytiriş uçun yanada qulay şaroitlar yaratiş, şuningdek, investitsiya loyihalarini öz vaqtida va samarali amalga oşiriş”ga yönaltirilgan.

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida röyxatdan ötgan va tadbirkorlik faoliyatini olib borayotgan yuridik şaxslar özlari işlab çiqarayotgan sanoat tovarlarini eksport qiliş qismida valyuta tuşumini majburiy sotişdan ozod etiladi (Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (işlar, xizmatlar) eksportini rağbatlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida» 1997 yil 10 oktabrdagi PF-1871-sonli Farmoni 2-ilovasiga kiritilgan xom aşyo tovarlari bundan mustasno).

Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida röyxatdan ötgan, farmatsevtika tovarlari va preparatlari, elektrotexnika mahsulotlari (kabel-ötkazgiç mahsulotlaridan taşqari), şuningdek, pardozlaş quriliş materiallari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan yuridik şaxslar 2017 yilning 1 aprelidan 2022 yilning 1 yanvarigaça bölgan davrda mulk soliği, yer soliği, obodonlaştiriş va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş soliği, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yöl jamğarmasiga majburiy ajratmalar tölaşdan ozod etiladi. Bunday yuridik şaxslar jumlasiga hisobot yili natijalari böyiça sotuvning umumiy hajmida uşbu mahsulotlarni sotişdan tuşadigan sof tuşumning uluşi 60 foizdan kam bölmagan miqdorni taşkil etuvçilar kiradi.

«Özbekiston temir yöllari» AJ Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida röyxatdan ötgan va işlab çiqariş faoliyatini amalga oşirayotgan eksportyor yuridik şaxslar uçun respublika doirasida içki yuk taşişga amaldagi tarif stavkalari böyiça yuklarni Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasigaça yetkazib berişga temir yöl tariflarini qöllaşi belgilab qöyildi.

Mazkur qarorning ijrosini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi Boş vazirining birinçi örinbosari — «Özbekiston temir yöllari» AJ raisi A. Ramatov va Özbekiston Respublikasi Boş vazirining örinbosari R. Azimov zimmasiga yuklandi.