Amerika mulozimlarining fikriça, Kreml ma'muriyatining Yaqin Şarqdagi ambitsiyalari faqatgina Suriya bilan çegaralanib qolmaydi. Bu haqda CNN telekanali xabar qilmoqda.
Pentagon rasmiy vakillari Rossiya harbiy texnikalarining yetkazib berilayotgani va diplomatik faoliyati kuçayib borayotganidan tobora köproq xavotirlanmoqda. Ularning fikriça, bularning bari AQŞ va NATOning mintaqadagi ta'sirini kamaytirişga qaratilgan.
Telekanalga köra, Moskva Liviyadagi guruhlarni qöllab-quvvatlaş va hatto Afğonistondagi toliblar bilan ham aloqa qilişda ayblanmoqda.
«Bu mening fikrim, ular Yer şarining uşbu muhim hududida öz ta'sirini kuçaytirişga urinmoqda», — degan AQŞning mintaqadagi kuçlari uçun mas'ul generali Jozef Votel Senatning qurolli kuçlar qömitasiga.
Harbiy tahlilçilarning fikriça, Moskva Yaqin Şarqdagi «geosiyosiy tebranişlar»dan foydalanib qolmoqçi, şu bilan u nafaqat mintaqa, balki jahon maydonida asosiy yetakçilardan biriga aylaniş niyatida.











